

"Chelsi" klubi hozirgi vaqtda jarohatda bo'lgan Ngolo Kante bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Klubdagilar futbolchi bilan yangi bitim borasida kelisha olishlariga aminlar. Kantening o'zi ham "Chelsi"da qolish niyatida.
Ma'lumot uchun, Ngolo Kante o'tgan yilning avgust oyida olgan jarohatidan so'ng operaciya qilingandi. Hozirgi vaqtda Kantening holati yaxshilanmoqda va tez orada u maydonga qaytadi. Klubdagilar Kantening mart oyiga qadar safga qaytishiga ishonmoqdalar.



