

Shu tariqa, Antonio Konte jamoasi ketma-ket 13-uchrashuvda g'alabaga erishib Arsenalning 2001/02 yilgi mavsumdagi rekordini takrorladi. Bu rekord faqat bir mavsumda ketma-ket qo'lga kiritilgan g'alabalarga taaluqli. Agar Chelsi keyingi turda ham zafar quchsa bir mavsumda ketma-ket 14ta g'alabani qo'lga kiritgan dastlabki klubga aylanadi.
Arsenal keyingi mavsumning ilk uchrashuvda ham g'alaba qozonib 14ta g'alaba bilan APLning mutloq rekordini o'rnatgandi.




