Chelsi Arsenalning rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
31 dek 2016, 22:16
APL 19-turida Chelsi Stemford Bridjda Stok Sitidan ustun keldi (4:2).

Shu tariqa, Antonio Konte jamoasi ketma-ket 13-uchrashuvda g'alabaga erishib Arsenalning 2001/02 yilgi mavsumdagi rekordini takrorladi. Bu rekord faqat bir mavsumda ketma-ket qo'lga kiritilgan g'alabalarga taaluqli. Agar Chelsi keyingi turda ham zafar quchsa bir mavsumda ketma-ket 14ta g'alabani qo'lga kiritgan dastlabki klubga aylanadi. 

Arsenal keyingi mavsumning ilk uchrashuvda ham g'alaba qozonib 14ta g'alaba bilan APLning mutloq rekordini o'rnatgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe