"Chelsi" APLdagi 600-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu APLdagi ikkinchi ko'rsatkich
Aslanov Jasurbek
12 sen 2021, 00:25
"Chelsi" "Aston Villa"ni yirik hisobda (3:0) taslim etdi.
Ushbu g'alaba London klubi uchun APLdagi 600-g'alaba bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Chelsi" APLdagi ikkinchi jamoa hisoblanadi. Oldinda 690 ta g'alaba bilan "Manchester Yunayted" klubi bormoqda.