"Chelsi" Alabaning xizmatlariga qiziqmoqda

Alisher
1 avg 2020, 18:28
David APLga yo'l olishi mumkin.

"Chelsi" "Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun kurashishga tayyor. Bu haqda britan nashrlari xabar tarqatmoqda.

Lempardga ham qanotda, ham markazda o'ynay oladigan universal o'yinchi kerak. "Chelsi" bu borada Alaba uchun boshqa APL klublari bilan kurashishga tayyor. Avstriyalik futbolchiga shuningdek "Man Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

Ammo, futbolchining o'zi La Ligada, aniqrog'i "Barselona" yoki "Real" libosida to'p tepishni xohlamoqda. Himoyachining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk