"Chelsi" 7 nafar futbolchisiga chiqish eshiklarini ko'rsatmoqda

Sherzod Nurmatov
23 avg 2024, 14:52
"Katta tozalash" "Chelsi"ga 200 mln funt keltiradi.

Juda ko'p o'yinchilarga ega, lekin shu bilan birga yana yangi futbolchilarni sotib olayotgan Londonning "Chelsi" klubi ro'yxatni sezilarli darajada qisqartirishi va katta miqdorda daromad olishi mumkin.

"The Mirror" xabariga ko'ra, "Chelsi" klubga 200 mln funt olib kelishi mumkin bo'lgan bir qancha futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor.

Manba taqdim etgan ro'yxatda Sterling, Chiluell, Arrisabalaga, Chaloba, Petrovich, Lukaku va Chukvuemeka o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror