Championat.asia saytining viloyatdagi muxbiri bo'lishni istaysizmi?

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2020, 18:00
O'zbekistonning eng yaxshi OAVdan biri Championat.asia muxbirlar hamda videooperatorlar izlamoqda.

Biz faol, tajribali yoki o'rganishni istaydigan, o'zbek va rus tillarini biladigan (ingliz va boshqa xorijiy tillar bo'lsa undan yaxshi). Bizga Toshkent viloyati, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus, Farg'ona, Namangan va Andijonda yashaydigan muxbirlar kerak.

Muxbirlar uchun talablar:
• O'zbek tilida ravon nutq va imlo xatolarsiz yozish
• Rus va ingliz tillarini bilsangiz yanada yaxshi
• Shu sohada oldin ishlagan bo'lsangiz ajoyib
• Tartibli tashqi ko'rinish
• Qiyinchiliklarni enga olish
• Jamoada ishlay olish
• Oliy ma'lumotli bo'lsangiz yaxshi

Videooperator uchun talablar:
• Video yoki foto kameraga ega bo'lish
• Video va foto olishni bilish
• Qiyinchiliklarni enga olish
• Jamoada ishlay olish

Majburiyatlari:
• Sport tadbirlariga borish, ma'lumot yig'ish va uni belgilangan vaqt ichida kerakli odamga yuborish.
• Intervyu qila olish
• Tahririyatga matnli va video ma'lumotlarni operativ etkazib borish
• O'z viloyatingiz ichida safarlarga borish.
• Sport klublari va tashkilotlari matbuot kotiblari bilan aloqada bo'lish;
• Doimo aloqada bo'lish
• Ishlashga intilish

Ish grafigi - to'liq bo'lmagan ish kuni
To'lov har bir bajarilgan ish uchun alohida

Batafsil ma'lumotni o'zaro suhbatda olishingiz mumkin, suhbatdan oldin kichik testdan o'tish lozim, buning uchun bizga o'zingiz haqingizda ma'lumot yuboring.

Murojaat uchun: https://t.me/chamasia (Birinchi e'londan so'ng bizga 100dan ziyod odam murojaat qildi. Har bir murojaat o'rganib chiqiladi, faqat buning uchun vaqt kerak)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia