Championat.asia: Eldor Shomurodov "Verona"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi

Alisher
19 okt 2020, 15:36
Bugun Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi "Verona" va "Jenoa" o'yini bo'lib o'tadi.

Championat.asia'ning tasdiqlangan ma'lumotlariga ko'ra, "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov "Verona"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, "Verona" - "Jenoa" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi. Bahs Match TV (Rossiya) va Futbol TV (O'zbekiston) telekanallarida to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. Bundan tashqari, o'yin saytimizda matnli translyatsiya qilinadi.


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia