"ChaCha Mustaqillik kubogi-2018". Yarim finalchilar ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
25 avg 2018
2008 yil tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tayotgan "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasida kecha chorak final bahslari o'tkazildi.

"Sergeli" "Chig'atoy" ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, "Paxtakor" "Lokomotiv"dan 3:0 hisobida ustun keldi. "Paxtakor"ning ikkinchi guruhi BO'SM-16 bilan kechgan bahsda 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi. "Odil Junior-1" esa guruh bosqichida "Odil Junior-2"ni mag'lub etgan "Spartak" qarshiligini enga oldi - 2:0.

Shundan so'ng yarim final juftliklari ma'lum bo'ldi va bugun har ikkala yarim final uchrashuvi o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, "ChaCha Mustaqillik kubogi-2018" musobaqasi O'FA, “Odil Junior“ bolalar futbol maktabi, TFA va “Shampionat.asia” sayti hamkorligida o'tkazilmoqda hamda musobaqaning bosh homiysi “ChaCha“ savdo belgisi hisoblanadi.

1/4 final natijalari. 24 avgust
"Chig'atoy" - "Sergeli" 0:1
"Lokomotiv"- "Paxtakor" 0:3
BO'SM-16 - "Paxtakor-2" 3:1
"Spartak"  - "Odil Junior-1" 0:2

1/2 final juftliklari
"Paxtakor" - BO'SM-16
"Sergeli" - "Odil Junior-1"


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia