"Cementchi"ning birinchi ligaga chiqqani nishonlandi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2014, 17:27
2014 yil birinchi ligaga o'tish bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan "Cementchi" klubi keyingi yil birinchi ligada ishtirok etadi.
Quvasoydagi "Sohil" restoranida klubning birinchi ligaga chiqqani munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi. Unda shahar hokimi Adhamjon To'xtasinovich Ziyovuddinov, Farg'ona viloyat futbol Federatsiyasi o'rinbosari Salimjon Zokirov ishtirok etishdi.

Jamoa bosh homiysi "Farg'ona Cement Korxonasi" futbolchilarga barcha sharoitlarni yaratib berishini ma'lum qildi. Muxlislar klub o'zining avvalgi maqeini tiklab yaqin orada oliy ligaga qaytishini tilashdi.

Klub matbuot kotibi Islomjon Akbarov tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia