Cementchi: Ertaga Qo'qon-1912 yoshlari bilan o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
17 fev 2017, 20:09
Quvasoyning “Cementchi” jamoasi Farg'onada o'tkazilgan “Viloyat hokimi kubogi-2017” turniridan so'ng uch kunlik qisqa tatilga chiqqan edilar.

Shundan so'ng jamoa a'zolari yana o'z qarorgohiga yig'ilib mashg'ulotlarni davom etirdilar. Ushbu ikkinchi yig'in davomida jamoa “Cementchi-2”, Farg'ona futbol terma jamoasi va “Toshloq” jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazdilar. Endi jamoa a'zolari ertaga Qo'qon shahridagi “Kimyogarlar” stadionida “Qo'qon-1912” jamoasi yoshlariga qarshi sinov nazorat uchrashuvida maydonga tushadilar. Bu jamoani Farg'onadagi so'nggi nazorat uchrashuvi bo'lishi mumkin. Shundan so'ng jamoa yig'inni Toshkentda davom ettiradi.

Jamoa a'zolari 23 fevral kuni Toshkent safariga jo'nab ketadi. Murabbiylar poytaxtdagi yig'inda bir qator oliy va birinchi liga jamoalariga qarshi maydonga tushishni rejaga kiritganlar. Jumladan “Cementchi” Toshkentda  “NBU-Osiyo”, “Lokomativ BFK”, “Bunyodkor” yoshlari, “Sug'diyona” yana yig'in davomida rejaga kiritiladigan bir qator jamoalarga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadilar. Tarkibda o'zgarishlar bor. Jamoa tarkibi va undagi o'zgarishlardan poytaxtdagi yig'in davomida ma'lumot berib boramiz.

“Cementchi” matbuot xizmati
Zuxriddin Abdullajonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia