CAS Afg'oniston FF sobiq rahbarining shikoyatini rad qildi

14 iyul 2020, 23:07
Umrbod muddatga futboldan chetlatilgan Afg'oniston futbol federatsiyasi rahbari Karim Kerramuddin avvalroq ushbu qaror yuzasidan sport arbitraj sudiga (CAS) apellyaciya bergandi. Ma'lum bo'lishicha CAS uning shikoyatini rad qilgan.

Eslatib o'tamiz, Karim Kerramuddin o'tgan yilning 8 iyun kuni FIFA etika qo'mitasi tomonidan umrbod diskvalifikaciya qilingan va 1 mln shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortilgan edi. U mamlakat ayollar terma jamoasi a'zolariga nisbatan jinsiy zo'ravonlik ishlatishda ayblangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Insidethegames.biz