CAFA women's championship-2022. O'zbekiston Eronni yutib, musobaqa g'olibiga aylandi!

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2022, 21:00
Tojikiston mezbonligi ostida o'tgan musobaqa finalida O'zbekiston Eron bilan to'qnash keldi.

O'zbekiston ayollar milliy termasi bungacha 3 ta o'yinda 9 ochko jamg'arib, turnirda peshqadam bo'lib turgandi. Keyingi pog'onada esa 9 ochko jamg'argan Eron ayollar terma jamoasi borayotgan edi. 

Bugun ushbu ikki jamoa o'zaro o'yin o'tkazishdi va unda yaponiyalik mutaxassis Midori Honda qo'l ostidagi terma jamoamiz muvaffaqiyat qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga Maftuna Shoyimova mualliflik qildi.

O'zbekiston – Eron 1:0

Gol: Maftuna Shoyimova 85'

O'zbekiston: Maftuna Jonimqulova, Madina Hikmatova, Shoxida Tojiddinova, Komila Zaripova, Nozima Ergasheva, Ilvina Ablyakimova, Maftuna Panjieva, Ro'zixon Asqarova, Nilufar Qudratova (s), Aziza Norboeva, Zarina Mamatkarimova

Zaxiradagilar: Laylo Tilovova, Nigora O'zganova, Muxlisa Mirzayorova, Shaxrizoda Zayniddinova, Iroda Turdalieva, Dildora Ergasheva, Ziyoda Irisboeva, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova, Diyora Jo'raboeva, Solixa Husniddinova, Diyora Xabibullaeva

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia