
- "Vorskla" bilan shartnoma imzolaganimdan keyin jamoa mashg'ulotlariga kirishib ketdim va so'nggi o'rtoqlik o'yinlarida to'liq 90 daqiqa maydonda to'p tepdim. BAAni mag'lubiyatga uchratishimiz kerak. Bu ilk rasmiy o'yinmiz bo'ladi, shuning uchun ham muxlislar oldida faqat g'alaba qozonishimiz lozim. Ertaga barchamiz yig'ilamiz va BAAning so'nggi o'yinlarini tahlil qilamiz.