"Buxoro": Toshkentda 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2016, 10:09
22 yanvardan boshlab Buxoro Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlikni davom ettira boshladi.

Yig'inning ushbu bosqichida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash bilan birga, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali turli texnik va taktik uslublarni sinovdan o'tkazishadi.

Uchinchi bosqich doirasida “Buxoro” 4 marta nazorat uchrashuvini o'tkazishi rejaga kiritilgan.

“Buxoro”ning sparring-raqiblari quyidagilar:
24.01.2016 “Mashal” (Muborak)-“Buxoro”(Buxoro)
26.01.2015 “Metallurg” (Bekobod) – “Buxoro” (Buxoro)
29.01.2016 “Lokomotiv” (Toshkent) - “Buxoro” (Buxoro)
31.01.2016 “Paxtakor” (Toshkent) - “Buxoro” (Buxoro)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com