"Buxoro" tarkibini moldovalik futbolchi bilan kuchaytirdi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2023, 19:35
Yangi mavsum Superligada ishtirok etadigan "Buxoro" klubi tarkibini legioner futbolchi bilan kuchaytirdi.

"Buxoro" o'z safiga yana bir legioner futbolchi Vsevolod Nixaevni qo'shib oldi. Nixaev 1999 yilning 4 may kuni Moldova Respublikasida tavvallud topgan. 

Futbolchilik faoliyatini "Sherif" akademiyasida boshlagan Nixaev Qozog'istonning "Okjetpes", Rossiyaning "Akron" jamoalarida ham to'p tepishga ulgurgan. O'tgan mavsumni esa u Moldovaning "Milsami" jamoasida o'tkazdi. "Buxoro" hujumkor yarim himoyachi bilan mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Бухоро" ФК матбуот хизмати