"Buxoro" "Neftchi" va "Navbahor" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016
"Buxoro" jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda.

Jamoa safida yangi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Bu haqida keyinroq rasmiy ma'lumot beriladi.

Toshkentdagi yig'in doirasida buxoroliklar 2 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishlari aniq bo'ldi. "Buxoro" 20 iyul kuni Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bilan, 23 iyul kuni esa Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com