Buskets "Milan" yarim himoyachisi Kessening "Barselona"ga o'tishini ijobiy baholadi

Alisher
31 mar 2022, 15:40
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Milan" yarim himoyachisi Frank Kessening Kataloniya klubiga o'tishini ijobiy baholadi.

"Xavi Frankni kuzatdi va Kesse unga kerakligi sabab rozi bo'ldi. Men "Barselona"ning bunday futbolchilar bilan shartnoma imzolayotganidan mamnunman, o'yinchilarning o'zi esa bizga o'tishni xohlashmoqda. Kesse - kuchli futbolchi, u jamoamizga yordam beradi", - deydi Buskets.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Kesse "Barselona" bilan 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma imzoladi.

Bitim ushbu yilning iyulidan kuchga kiradi, 25 yoshli ivuarlik futbolchi yangi jamoasiga erkin agent maqomida o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano