Buskets Messi bilan birga ovqatlangach, kelgusidagi taqdirini hal qildi

Оқил Абдубарноев
28 apr 2023, 00:55
Ispaniyalik yarim himoyachi Serxio Buskets “Barselona”da qolishga qaror qildi.

Serxioga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma taklif qilinadi, futbolchi esa buni qabul qiladi. Bu haqda yarim himoyachi jamoadoshlarini xabardor qilgan.

Busketsning qaroriga PSJ hujumchisi Lionel Messi va "ko'k- anorranglilar" himoyachisi Xordi Alba bilan bo'lgan kechki ovqatdagi suhbat ta’sir o'tkazgan. Argentinalik yulduzning jamoaga qaytishi mumkinligi Serxioni xursand qilmoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi ham uni kelgusi mavsum uchun jamoaning muhim bo'lagi deb hisoblamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS