Buskets ikki yillik tanaffusdan keyin gol kiritdi

10 noya 2019, 09:45
“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets La Liganing 13- turida “Selta”ga (4:1) qarshi bahsda uchrashuvdagi so'nggi gol muallifiga aylandi.

85-daqiqada Serxio to'p kiritib, jamoasining yirik g'alabasiga hissa qo'shdi.

Bu Busketsning oxirgi ikki yilda “Barsa” tarkibida kiritgan ilk goli bo'ldi. So'nggi marta yarim himoyachi 2017 yilning oktyabrida La Liga 7-turi doirasida “Las-Palmas” (3:0) darvozasini ishg'ol etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru