Dastavval Aziz Umedov "Bunyodkor" fan klubi sardori Shavkat Imomov bilan o'z sovg'alariga ega chiqishdi.
"O'zbekiston chempionatini bunday tarzda qiziqtirishingiz ko'pchilikka manzur bo'ldi. Bir safar 20 ochko to'pladim. Shundan keyin transfer bozorida jiddiy suratda ishtirok eta boshladim. Hozir bir turda 6 nafargacha futbolchini almashtirish imkoniga ega bo'ldik. bu imkoniyatdan ham imkon qadar foydalanishga harakat qilyapman. "Bunyodkor" muxlisi bo'lsamda, doim ham tarkibimda "Bunyodkor" a'zosi bo'lmaydi. Turga qarab tarkib tuzaman", - deydi "Bunyodkor" jamoasi boshqaruvchisi.
Yaqindan yo'lga qo'yilgan kuchli beshlik chempionati haqida g'olibimizning fikrlarini bilishni istadik.
- Menga ko'proq Yevropa chempionlar ligasini ishga tushirsangiz qiziqarliroq bo'lar edi deb o'ylayman.
Birinchi davrani ikkinchi pog'onada yakunlagan "Manchester United" boshqaruvchisi Ravshan Rahmonberdievning fikrlari quyidagicha ko'rinish oldi:
- Birinchi turdan buyon o'ynadim. Boshida yuqori o'rinlarni olganim uchun qiziqish kuchli bo'ldi. Birinchi turdan oldin Pishurni olgandim. Keyinroq Farhod Tojievni oldim. Ikkalasi ko'p ochko olib kelishdi. Yevropa chempionatlari uchun qiziqish bundan ham kuchli bo'ladi. Sababi Yevropa futboli ko'pchilik qiziqish bilan kuzatadi. Buni o'ylab juda yaxshi ish qilibsizlar. Har bir tur uchun qimmat bo'lmasa ham oddiyroq forma to'p yoki butsa kabi sovg'a qo'yilsa ko'pchilikda qiziqish kuchayadi. Mavsum yakunida ham kuchli uchlikka kirish uchun albatta harakat bo'ladi. U yog'i omadga bog'liq. Barcha sayt xodimlariga rahmat aytaman, kelayotgan bayramingiz bilan. Muxlislarga esa FIFA.UZ o'ynang deyman, haqiqiy g'oliblarga haqiqiy sovg'alar topshirilishiga o'zim guvoh bo'ldim. Saytingiz orqali do'stim Dilshod Ahmedovni bugungi tug'ilgan kuni bilan tabriklayman. O'zim yutgan futbolkalardan birini unga sovg'a qilaman.