

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan jamoamizning bir qator a'zolari bilan shartnoma uzaytirildi. Xususan, darvozabon Sarvar Karimov, maydon markazidagi yetakchimiz Rasul Yo'ldoshev hamda qisqa vaqt ichida asosiy tarkibda o'z o'rnini topa olgan iqtidorli yarim himoyachi Bilol Tupliev yangi mavsumda ham “Bunyodkor” libosida to'p suradi" - deyiladi "Bunyodkor" bayonotida.






