Mana shu yerda o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Uchrashuvning 2-daqiqasiga keliboq "qaldirg'ochlar" hisobda oldinga chiqib olishdi. Jarima maydonchasida faol harakat qilgan Sardor Rashidovning zarbasini darvozabon qaytarishga ojizlik qildi - 1:0. 8-daqiqada Sardor Rashidovning zarbasini darvozabon bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab posbon to'pni qo'lidan chiqarib yuborgandi, biroq uning yaqinida raqib futbolchilaridan hech kim yo'qligi sabab, vaziyat jiddiy ko'rinish olmadi. 9-daqiqada Ro'zim Ahmedovning xavfli zarbasini Murod Zuxurov bartaraf etdi. Aks xolda hisob tenglashishi mumkin edi. Mazkur vaziyatda Anvar G'ofurov xatolikka yo'l qo'yganini etirof etish kerak. 15-daqiqada chamasi 35 metrlar uzoqlikdan Anvar Berdiev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajarib, hisobni 2:0ga keltirdi. Birinchi bo'limda hisob o'zgarmadi.
Ikkinchi bo'lim davom etmoqda. 48-daqiqa Sardor Rashidov jarima maydonchasiga katta tezlikda kirib borib, raqib futbolchisini aldab o'tdi va darvozaga zarba berdi. To'p esa darvoza to'riga yon tarafdan tegdi. 62-daqiqada Anvar G'ofurovning 20 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytarishga ojizlik qildi - 3:0. 75-daqiqada chap qanotdan oshirib berilgan to'pni Igor Taran chiroyli zarba bilan hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirdi. 90-daqiqada "Bunyodkor" futbolchilari ajoyib kombinaciya tashkil etishdi. Berdiev va Taran devor uslubida kombinaciya tashkil qilishgach, darvozabondan ildamroq harakat qilgan hujumchi dublini rasmiylashtirdi - 5:0. Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi.
Bunyodkor (Toshkent) – Navbahor (Namangan) 5:0 (2:0)
Gollar: Sardor Rashidov 2, - 1:0 (Lutfulla To'raev). Anvar Berdiev 15, - 2:0. Anvar G'ofurov 62, - 3:0. Igor Taran 75, - 4:0 (Sardor Rashidov). Igor Taran 90, - 5:0.
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), U. Karimov (Andijon), O. To'ychiboev (Toshkent)
Bunyodkor: 25. Murodjon Zuxurov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Xayrulla Karimov (sardor), 6. Anvar G'ofurov, 7. Marko Blajich (9. Igor Taran, 54), 8. Javlon Ibroximov, 13. Lutfulla To'raev (5. Dilshod Jo'raev, 63), 16. Artyom Filiposyan, 21. Sardor Rashidov, 29. Anvar Berdiev, 33. Oleg Zoteev
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 11. Oleksandr Pishur, 14. Alibobo Rahmatullaev, 19. Jasur Hasanov, 23. Sahob Jo'raev
Navbahor: 12. Islom Jo'raev, 3. Botir To'raboev, 8. Azim Ahmedov (10. Akrom Baxritdinov, 63), 13. Timur Sultonov, 20. G'ayrat Jo'raev, 21. A'zam Aliev, 22. Ro'zim Ahmedov (sardor), 26. Qahramon Muhammadjonov, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Oyatullo Muxitdinov (23. Abdumalik Abdullaev, 70), 45. Aleksandr Lupashko (39. Ayubxon Gapparov, 84)
Zaxira: 1. Viktor Mochalov, 6. Leonid Koshelev, 19. Durbek Umaraliev, 31. Rustam Azimov.
Ogohlantirishlar: Lutfulla To'raev 16, Azim Ahmedov 33, Temur Sultonov 50,
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).