“Bunyodkor” “So'g'diyona”ga oltita gol urdi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2018
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 3 fevral kuni navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Qaldirg'ochlar” Jizzaxning “So'g'diyona” klubi bilan o'zaro kuch sinashdi. Uchrashuv davomida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi bunyodkorchilar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik – 6:0 hisobida g'alaba qozondi. “Bunyodkor” gollariga Shahzodbek Nurmatov, Sanjar Qodirqulov, Filip Raevac (2ta), Mirjahon Mirahmadov va Shoxruz Norxonov mualliflik qilishdi.

Nazorat uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “SO'G'DIYONA” 6:0 (2:0)
Gollar: 
Shahzodbek Nurmatov, Sanjar Qodirqulov, Filip Raevac 2ta, Mirjahon Mirahmadov, Shoxruz Norxonov
“Bunyodkor”: Murodjon Zuxurov, Mirg'iyos Sulaymonov, Davronbek Umirov, Anvar G'ofurov, Shoxruh Gadoev, Jovlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov, Artyom Gabelok, Sanjar Qodirqulov, Murodjon Toshmatov, Shahzodbek Nurmatov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Suhrobjon Sultonov, Abubakir Mo'ydinov, Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov, Dilshodbek Ahmadaliev, Sardor Sobirxo'jaev, Xurshid G'iyosov, Rasul Yo'ldoshev, Farruh Ikromov, Mirjahon Mirahmadov, Shoxruz Norxonov, Filip Raevac

“Sug'diyona”: Dilshod Hamroev, Elyor Oripov, Shohruh Xolmatov, Nodir Yo'ldoshev, Farhod Mirahmatov, Izzat G'aniev, Mansur Saidov, Dilmurod Karimov, Arkadiy Galperin, Sardor Azimov, Sherzod Hakimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shirin Abdullaev, Azamat Isroilov, Doniyor Odilov, Sherzod Jalilov, Sardor Eminov, Jasur O'rinov, Damir Nizamov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia