“Bunyodkor” oliy ligadagi yubiley – 200-g'alabasiga erishdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2016, 00:11
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 20-turning qoldirilgan uchrashuvida “Olmaliq” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu g'alaba “qaldirg'ochlar”ning oliy ligadagi yubiley – 200-g'alabasi sifatida tarixda qoldi. Qayd etish kerakki, “Bunyodkor” oliy liga bahslarida o'zining 9-mavsumini o'tkazmoqda. Hozircha “qaldirg'ochlar” chempionat doirasida 275ta uchrashuv o'tkazishib, 200ta g'alaba, 47ta durang, 28ta mag'lubiyat qayd etishgan. To'plar farqi: 551-145.

“Bunyodkor”ning oliy ligadagi yubiley g'alabalari:
1. Oliy liga-2007. 1-tur. “Vobkent” – “Bunyodkor”
50. Oliy liga-2008. 27-tur. “Uz-Dong Ju” – “Bunyodkor” 1:4
100. Oliy liga-2011. 1-tur. “Mashal” – “Bunyodkor” 0:2
150. Oliy liga-2013. 19-tur. “Bunyodkor” – “Navbahor” 5:0
200. Oliy liga-2016. 20-tur. “Olmaliq” – “Bunyodkor” 0:2


"Bunyodkor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia