

"Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvida bosh hakam mezbonlarning ikki futbolchisi Mirjahon Mirahmadov va Frane Chiryakka qizil kartochka ko'rsatdi. "Qaldirg'ochlar" uchrashuvni 9 kishi bo'lib tugatishga majbur bo'ldi. "Bunyodkor" futbolchilari O'zbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta bitta o'yinda ikkita qizil kartochka oldi.
Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" 2007 yildan buyon O'zbekiston Superligasida (Oliy liga) o'ynab kelmoqda.



