

"Bunyodkor" klubi Toshkent-Dubay-Manama-Jidda yo'nalishida soat 20:30da Jidda shahriga yetib keldi. Jamoa a'zolari Jidda shahridagi 5 yulduzli "Casablanca Grand" mehmonxonasiga joylashishdi. Uzoq yo'l tufayli toliqqan jamoa bugun kunning birinchi yarmida xordik chiqarib, kunning ikkinchi yarmida mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirgan.
"Bunyodkor" klubining bu galgi safarini "Shosh Contact Travel" turistik firmasi tashkillashtirib berdi.






