Bunyodkor: Jamoalarimiz Navro'z Kubogida yirik hisoblarda g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2019, 20:54
Qozog'istonning Almati shahrida davom etayotgan Navro'z Kubogida ishtirok etayotgan Bunyodkor jamoalari bugun ikkinchi tur uchrashuvlarida maydonga tushdi.

Ahamiyatlisi, Bunyodkorning har ikkala jamoasi ham yirik hisobda g'alaba qozondi.

NAVRO'Z KUBOGI
1 aprel. 2-tur
2003 yilgi guruh
Qayrat (Qozog'iston) - Bunyodkor - 0:3
Bunyodkor:
Sanjar Nasriddinov (Mirsaid Mirodilov), Firdavs Dadamirzaev, Elnur Yo'ldoshev, Davron Hamroqulov, Ruslan Toshpo'latov, Jamshid Yusufjonov, Umarali Rahmonaliev, Tolib O'sarov (Mubashshir Malikov), Mirasror Mirabrorov, Saidmurod Karimov, Kamron Abdullaev (Elchin O'ktamov).
Gollar: Umarali Rahmonaliev, 3 - 0:1. Mubashshir Malikov, 47 - 0:2. Saidmurod Karimov, 58 - 0:3.

2004 yilgi guruh
Bunyodkor - Jas Karan-2 (Qozog'iston) - 6:0
Bunyodkor:
Abror Abduvaliev, Dilyorbek Qo'ziboev, Musaxon Ochilov, Aziz Mahamadjonov, Tohir To'xtasinov, Shahzod Akbaraliev, Asad Qahhorjonov, Behruz Tohirov, Aleksandr Zevadinov, Elbek Bo'riev, Mirkamol Annamatov.
Zaxiradan tushganlar: Shohjahon Ismatullaev, Isaxon Ochilov, Behzod Xoliqulov, Mustafo Madaminov, Salohiddin Xayruddinov, Bobur Erbekov.
Gollar: Elbek Bo'riev (3ta), Asad Qahhorjonov, Behzod Xoliqulov, Behruz Tohirov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com