"Bunyodkor": Eng yosh tarkibdan eng yirik g'alaba

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2014, 17:48
Kecha “Olmaliq” jamoasiga qarshi o'tgan mehmonda harakat qilgan “Bunyodkor” ishonchli tarzda raqibni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bosh murabbiy Sergey Lushan uchrashuvning dastlabki daqiqalardan boshlab 1996 yilda tavallud topgan mudofaa chizig'i vakili Akramjon Komilovga ishonch bildirdi. Chap qanotda hujumkor himoyachi sifatida to'p tepgan Komilov butun o'yin davomida o'zidan yaxshi taassurot qolirdi. Shuningdek, ikkinchi bo'lim o'rtalarida yana bir yosh yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov maydonga tushirildi. 17 yoshli yarim himoyachi ham o'zining chiroyli harakatlari va yaxshi hislatlari bilan ajralib turdi. Qolaversa, so'nggi o'yinlarda oldingi chiziqda tez-tez ko'rinish berayotgan Temur Ayupov ham “Olmaliq”qa qarshi bahsda to'p tepdi. 1990 yilda tavallud topgan yaponiyalik Sato Minori ham ilk borada asosiy tarkib bilan to'liq o'yinda ishtirok etdi.

E'tiborlisi, asosan yoshlar hisobiga “Bunyodkor” ushbu mavsumdagi eng yirik g'alabasini safarda qo'lga kiritdi. “Bunyodkor” joriy mavsumda hozircha raqiblarni to'rtta to'p farqi bilan yutmagandi.

“Olmaliq”qa qarshi bahsda “Bunyodkor” jamoasining o'rtacha yoshi 26,2ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha “qaldirg'ochlar” ushbu mavsumdagi eng yosh ko'rsatkichlarini qayd etishdi. Quyidagi jadvalda “Bunyodkor”ning ichki musobaqalardagi o'rtacha yoshlari ko'rsatib o'tilgan.

Sana

Musobaqa

“Bunyodkor”

o'rtacha yoshi

Raqib

o'rtacha yoshi

Uchrashuv

15.03.2014Oliy liga28,127,2“Bunyodkor” – “Qizilqum” 2:1
23.03.2014Oliy liga28,925,3“Mashal” – “Bunyodkor” 0:2
27.03.2014Oliy liga27,526,1“Bunyodkor” – “Olmaliq” 1:1
06.04.2014Oliy liga28,227,5“Dinamo” – “Bunyodkor” 0:2
11.04.2014Oliy liga2827,2“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 1:1
28.04.2014Oliy liga26,727,9“Buxoro” – “Bunyodkor” 1:1
02.05.2014Oliy liga26,826,1“Bunyodkor” – “Navbahor” 3:0
19.05.2014Oliy liga27,828,3“Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0
23.05.2014Oliy liga27,924,7“Bunyodkor” – “Metallurg” 2:0
01.06.2014Oliy liga28,922,8“So'g'diyona” – “Bunyodkor” 0:2
05.06.2014Oliy liga28,826,4“Bunyodkor” – “Neftchi” 1:1
10.06.2014O'zb.kubogi27,626,1“Bunyodkor” – “Olmaliq” 2:2
14.06.2014Oliy liga27,727,3“Bunyodkor” – “Andijon” 2:0
18.06.2014O'zb.kubogi26,227,1“Olmaliq” – “Bunyodkor” 0:4
Jami .27,826,4 .



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com