

Biroz oldin 28-turning barcha o'yinlari yakunlandi.
28-tur natijalari
12 noyabr
Metallurg - Sevinch 0:4
Bunyodkor - Sho'rtan 5:0
So'g'diyona - AGMK 1:2
Lokomotiv - Paxtakor 2:3
Qo'qon-1912 - Qizilqum 1:1
Andijanka - Buxoro 1:0

Shu tariqa, bugun o'z maydonida "Sho'rtan"ni mag'lub etgan "Bunyodkor-W" yakunda 75 ochko jamg'ardi va o'z tarixida ilk marta O'zbekiston chempioniga aylandi. Kumush medallari 73 ochko to'plagan "Sevinch"ga, bronza esa "Metallurg-W"ga nasib etadigan bo'ldi.

"Bunyodkor" - "Sho'rtan " uchrashuvi yakunlangach, O'zPFL bosh direktori Omon G'ofurov mamlakatimizning yangi chempioniga kubokni topshirdi



