“Bunyodkor” BAAda

Aziz Tukhtamuradov
16 yanv 2016
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun ertalab BAAga yo'l oldi.

“Bunyodkor” FK 16-30 yanvar kunlari BAAning Sharja shahrida yig'in tashkil etishi haqida avvalgi xabarlarimizda ma'lumot berib o'tgandik.

Bugun erta tongda BAAga yo'l olgan “qaldirg'ochlar” tushlikdan so'ng Sharja shahriga yetib borishdi. Vakillarimiz Sharjadagi eng muhtasham otellardan biri bo'lmish – “Radisson blue” mehmonxonasiga joylashishdi.

Baxtiyor Boboev rahbarligidagi mashg'ulotlar shu bugundanoq boshlanadi.

“Bunyodkor” FKga oid yangiliklarni veb saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcbunyodkor.com