

Ajoyib bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Mahliyo Sarikova uchrashuvning 79-daqiqasida Sevinch darvozasini ishg'ol qildi va bu amalda o'yindagi yagona gol bo'lib chiqdi. Shu tariqa o'z tarixida ikkinchi marta O'zbekiston Superkubogida maydonga tushgan Bunyodkor-W ilk bor kubokni o'ziniki qildi.
Eslatib o'tamiz, Bunyodkor-W o'tgan yili ham Superkubok o'yinida maydonga tushgan, ammo Metallurg ayollar jamoasiga qarshi bahsda 1:2 hisobida yutqazib qo'ygan edi.
O'zbekiston Superkubogi
SEVINCH - BUNYODKOR - 0:1 (0:0)
12 aprel. Jar stadioni.
Bosh hakam: Edita Mirobidova.
Gol: Mahliyo Sarikova, 79 – 0:1.





