“Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
1 fev 2016
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 9 fevral kuni OCHL-2016 “pley-off” bosqichi doirasida Dubayning “Al-Shabab” klubini qabul qiladi.

“Bunyodkor” stadioni mamuriyati “Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuviga kirish huquqini beruvchi chiptalar sotuvga chiqarilganligini ma'lum qiladi.

Chiptalar ikki xil toifada sotilmoqda. 1-TOIFA – 15.000 so'm, VIP – 35.000 so'm. Stadion kassalari 09:00dan 18:00ga qadar ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Al-Shabab” uchrashuvi 9 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com