“Bunyodkor” – “Al-Hilol” o'yinoldi tadbirlar jarayonidan fotojamlanma

Narzulla Saydullayev
7 may 2014, 07:40
6 may kuni “Bunyodkor” – “Al-Hilol” uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tdi.
“Bunyodkor” jamoasining rasmiy mashg'uloti ertalab klub qarorgohida bo'lib o'tdi. Soat 11:30da esa “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida jamoa menejerlari va uchrashuv rasmiylari yig'ilishi o'tkazildi.

Soat 17:30dan e'tiboran esa o'yinoldi matbuot anjumani tashkil etildi. Dastavval, jurnalistlar savollariga mehmonlar ustozi Sami Al-Jaber va himoyachi Abdulloh Al-Hafiz javob qaytarishdi. Keyin esa “Bunyodkor” vakillari Aleksandr Volkov va Oleg Zoteev OAV vakillari bilan muloqotga kirishishdi.

18:00dan boshlab esa “Al-Hilol” a'zolari “Paxtakor” markaziy stadionida mashg'ulot o'tkazishdi.

Yuqoridagi tadbirlar fotojamlanmasi bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com