"Bunyodkor" 30 dekabr kuni "Lokomotiv" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2019, 17:06
O'z qarorgohida shug'ullanayotgan qaldirg'ochlar kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda.

Yig'inda asosan o'rinbosarlar tarkibidan saralab olingan va boshqa klublardan ko'rik uchun taklif qilingan yosh iqtidor egalari ishtirok etmoqda. Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Vadim Abramovning o'zi o'tkazmoqda. Rejaga ko'ra, yig'in 30 dekabrga qadar davom etadi. Shu kuni Bunyodkor o'z maydonida nazorat uchrashuvi doirasida Lokomotivga qarshi maydonga chiqadi. Shundan so'ng yangi yil munosabati bilan qisqa muddatli tatil beriladi. Mashg'ulotlar 2 yanvardan davom ettiriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com