

"Qaldirg'ochlar" raqib darvozasiga javobsiz 5ta gol urishdi.
Shunday qilib, "Bunyodkor" 2015 yilgi mavsumda ilk bor bitta o'yinda 5ta to'p kiritdi. Jamoa oxirgi marta 2014 yil 13 sentyabr sanasida oliy liganing 19-turi doirasida "Buxoro" ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozonganida beshta gol urgandi.
Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" futbolchilari 2015 yil 30ta tur davomida raqiblar darvozasiga jami 44ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.



