Bundesliganing 3 klubi Demirga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
28 dek 2021, 21:30
Avstriyalik faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

"Rapid" vingeri Yusuf Demirga Germaniyaning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "Mundo Deportivo". Futbolchi ayni dam ijara asosida "Barselona"da o'ynamoqda.

18 yoshli o'yinchiga "Ayntraxt", "Bayer" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildiryapti. Oldinroq kataloniyaliklar Demirni sotib olishni rejalashtirmayotgani, shu bois avstriyalik futbolchi yanvarda klubini o'zgartirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

18 yoshli vinger joriy mavsumda barcha musobaqalarda 9 o'yin o'tkazib, gol urmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo