Bundesliga: Siz ko'rmagan va bilmagan turnir jadvali (FOTO)

23 noya 2017, 14:21
Germaniya chempionatining umumiy turnir jadvali e'lon qilindi.

Unga ko'ra, o'tgan turda "Augsburg" ustidan g'alaba qozongan "Bavariya" jamoasi o'z ochkolari sonini 3000lik dovonni oshirib oldi.

Ushbu dovonni kutilganidek "Bavariya" birinchi bo'lib zab etdi.

Undan keyingi o'rinda esa Dortmundning "Borussiya" jamoasi bormoqda.

Uchtalikni esa "Verder" to'ldirmoqda.

Jadvalda dastlabki 10 o'rinni egallab turgan jamoalar kiritilgan.
Qizig'i, ushbu o'ntalikdagi barcha jamoalar joriy mavsumda Bundesligada ishtirok etishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia