Bundesliga. “Bavariya” safarda “Leyptsig”ni engdi va taqibchi bilan oradagi farqni yanada oshirdi

Eldor Akmurzayev
3 apr 2021, 23:39
Germaniya chempionati 27-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda "Bavariya" 1:0 hisobida "Leyptsig"ni engdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 38-daqiqada myunxenliklar yarim himoyachisi Leon Goretcka urdi. 

Myunxenliklar turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadamligini yanada mustahkamlagan bo'lsa, 57 ochko ega Yulian Nagelsman shogirdlari 2-o'rinda bormoqda.

"RB Leyptsig" – "Bavariya" 0:1 (0:1, 0:0)

"Red Bull Arena Leyptsig"

Gol: 0:1 – 38 Goretcka.

"RB Leyptsig" – Gulachi, Mukiele, Orban, Klostermann, Upamekano, Aydara (Serlot, 74), Zabitcer, Olmo (Poulsen, 73; Konate, 88), Adams (Xvan Xi Chxan, 82), Nkunku, Forsberg (Klyuyvert, 46).

"Bavariya" – Noyer, Pavar, Alaba, Zyule, Lyuka Ernandes, Goretcka (Musiala, 72), Kimmix, Shupo-Moting, Myuller, Koman (Gnabri, 72), Sane (Xavi Martines, 81).

Ogohlantirishlar: Mukiele (26), Kimmix (33), Zabitcer (38), Upamekano (61), Lyuka Ernandes (81).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia