

Kecha turning dastlabki bahsi Bremenda o'tkazildi. Unda Labbadia shogirdlari turnir jadvalidagi taqibchilari sanalgan "Volfsburg"ni ishonchli tarzda mag'lub etib, turnir jadvalida peshqadam "Borussiya"ga yetib olishdi.

Bugun esa turning 5ta o'yini bo'lib o'tadi. Kunning eng muhim to'qnashuvi Myunxenda kechadi. Unda ikki turdan buyon Bundesligada g'alaba nimalagini bilmay kelayotgan Kovach shogirdlari Diter Xekking boshqaruvidagi "Borussiya" Myonxengladbaxni qabul qilishadi. Kovach ichki chempionat va YCHLda davom etayotgan uch o'yinlik g'alabasiz seriyaga chek qo'yish uchun kurashsa, mehmonlar g'alaba orqali turnir jadvalida "Bavariya"ni ortda qoldirishga urinib ko'rishadi.

Chempionat peshqadam "Borussiya" Dortmund esa bugun Myunxenda "Bavariya"dan ochko olgan "Augsburg"ni mehmon qiladi. Manuel Baum Dortmundda ham Myunxenda uddalagan ishni takrorlaydimi, degan savol ayni paytda kun mavzusi bo'lib turibdi.
Chempionat peshqadamlaridan biri poytaxtning "Gerta" jamoasi "Maync"ga safar qiladi. O'tgan turda "Bavariya"ni taslim etgan Dardai jamoasi chempionatda eng kam gol o'tkazgan "Maync" darvozasiga yo'l topa oladimi? Florian Myuller ayni paytda Bundesligada eng kam gol (4) o'tkazgan darvozabon sanaladi.
O'tgan turda nihoyat mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qilgan "Shalke" "Fortuna Dyusseldorf" maydonida mehmon bo'ladi. "Gannover" esa "Shtutgart" bilan kuch sinashadi.
Ertaga turning qolgan uch o'yini o'tkaziladi. Leverkuzenning "Bayer" klubi "Frayburg" bilan safarda to'qnash kelsa, "Xoffenxaym" "Ayntraxt"ni qabul qiladi. Turning oxirgi bahsida "Leyptsig" hamda "Nyurnberg" jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.



