Bundesliga. Gyotcening goli “Bavariya”ni g'alabadan mahrum etdi va boshqa natijalar

26 sen 2018, 01:33
Germaniya chempionatining 5-turidan o'rin olgan “Bavariya”- “Augusburg” uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmadi.

“Alyanc-Arena”da kechgan bellashuvning 48-daqiqasida Aren Robben mezbonlarni hisobdan oldinga olib chiqqan bo'lishiga qaramay, o'yin oxirida Feliks Gyotce Noyer darvozasin ishg'ol etib, jamoasiga muhim bir ochkoni taqdim etji.

Ushbu durangdan so'ng “Bavariya” joriy mavsumda ilk marta Bundesligada ochko yo'qotishiga qaramay, turnir jadvalida 13 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Augusburg” esa 5 ochko bilan 12-pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia