Bugun "Surxon" futbolchilarining barchasi koronavirus uchun test topshirdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2020, 18:06
Termizning "Surxon" klubi a'zolari bugun COVID-19 uchun test topshirishdi.

Jamoa a'zolari orasida issig'i chiqqanlar bo'lgani uchun klub vakillari tezkor ravishda test topshirishdi. Yaqin orada test javoblari ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Surxon" Coca Cola Superligasi 10-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o'ynashi kerak. Bahs 21 iyul kuni Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tishi belgilangan.

Oldinroq "Bunyodkor" futbolchisi topishrgan test ijobiy natija bergani bois 9-tur doirasidagi "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvi boshqa kunga qoldirilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia