Bugun saytimizda katta futbol bayrami!

Narzulla Saydullayev
29 mar 2014, 12:20
Bugun O'zbekiston va Yevropada milliy chempionat o'yinlari bo'lib o'tadi.
Saytimiz o'z ananasiga sodiq qolgan holda bir qator muhim o'yinlarni matnli translyatsiya qiladi.

O'zbekiston chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi qiziqarli o'tishi kutilmoqda. Toshkentdagi bahsni saytimiz orqali kuzatib borish mumkin.

Vodiydagi stadionlarda matbuot vakillariga etarli sharoit bo'lmagani uchun "Andijon" - "Mashal" uchrashuvining matnli translyatsiyasi bo'lmaydi.

Angliya premer-ligasining 32-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Aston Villa" hamda, "Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvlarida saytimizda yoritib boriladi.

Ispaniya chempionati doirasidagi Kataloniya derbisida "Espanol" va "Barselona" klublari to'qnash kelishadi. Bu bahs ham saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

17:00 - "Paxtakor" - "Qizilqum"
17:45 - "Manchester Yunayted" - "Aston Villa"
20:00 - "Espanol" - "Barselona"
22:30 - "Arsenal" - "Manchester Siti"

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia