

Rossiya Kubogi 1-turida Qozonning "Rubin" klubi "Rostov" mehmoni bo'ladi.
Bundan bir necha kun avval har ikki klub RPL 1-tur o'yinini o'tkazgan.
"Rostov" o'z uyida "Fakel" jamoasini mag'lub etgan bo'lsa (2:1), "Rubin" murosasiz kurashda "Lokomotiv" bilan durang qayd etgandi. Qozon klubi safida ikki hamyurtimiz to'p tepayotganidan xabaringiz bor. Chempionat ucharshuvida asosiy tarkibda tushgan Umarali Rahmonaliev 89-daqiqada alishtirilgan bo'lsa, himoyachi Rustam Ashurmatov 66-daqiqada o'yinga qo'shilgan.



