Bugun Rossiya Superkubogi uchun bahs bo'ladi. Jaloliddinov maydonga tushishi mumkin

Narzulla Saydullayev
7 avg 2020, 08:00
Bugun 2020 yilgi Rossiya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Unda mamlakat chempioni va Kubogi sohibi Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi Rossiya vice-chempioni Moskvaning "Lokomotiv" klubi bilan to'qnash keladi.

Mazkur bahs Moskvadagi "VEB-Arena" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

"Zenit" ham, "Lokomotiv" ham bunga qadar 7 martadan Superkubok bahsida maydonga tushishgan. Piterliklar 4ta uchrashuvda g'olib bo'lishgan. "Temiryo'lchilar" esa 3 bor Superkubokni qo'lga kiritishgan.

Ushbu klublar Superkubokda ikki bor to'qnash kelishgan. 2015 yilgi o'zaro bahsda "Zenit" penaltilar seriyasida g'olib bo'lgan - 1:1 (4:2 pen). 2019 yilgi uchrashuvda esa "Lokomotiv"ning qo'li baland kelgan - 3:2.

Yaqinda "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovning bugun maydonga tushishini kutamiz.


Rossiya Superkubogi-2020
"ZENIT" - "LOKOMOTIV"
7 avgust. Moskva. "VEB-Arena" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam -
Mixail Vilkov (Nijniy Novgorod).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia