Bugun "Qo'qon-1912"ga yangi bosh murabbiy tanishtiriladi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2014
Joriy mavsum o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan "Qo'qon-1912"ni bungacha Tohir Kapadze boshqarib kelayotgandi.
O'quvchilarimizga yaxshi ma'lumki yaqinda Pro licenziyasini qo'lga kiritgan ushbu mutaxassis oliy liga vakili Neftchida klub raisi lavozimida faoliyat yuritadigan bo'ldi. Shu bois qo'qonliklar bosh murabbiylikka bir qator nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Aytishlaricha bugun "Qo'qon-1912" klubiga yangi bosh murabbiy keladi va rahbariyat uni futbolchilarga tanishtiradi. Yangi bosh murabbiyning aynan kim ekanligi haqida yaqin vaqt ichida xabar beramiz. Saytimizni kuzatib boring.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia