Bugun "Qo'qon-1912" oq, “Metallurg” esa to'q ko'k liboslarda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2018, 14:00
Hozirgina Qo'qondagi “Markaziy” stadionida Superliganing qoldirilgan 14-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Metallurg” o'yinidan oldingi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda har ikki jamoa vakillari va uchrashuv komissari B.Namozov ishtirok etishdi va o'yin oldi jarayonlari hamda jamoalar bugun qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishlari borasida kelishib olishdi.

Unga ko'ra, bugungi bahsda mezbonlar “Qo'qon-1912” jamoasi oq rangli formalarda, mezbon darvozaboni qizil-qora libosda maydonga tushadi. Mehmonlar “Metallurg” futbolchilari esa to'q - ko'k liboslarda, darvozabonlari yashil rangli liboslarda maydonga tushadigan bo'lishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz