Bugun O'zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytadi

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2019, 12:23
Kecha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.

Terma jamoamiz delegaciyasi bugun BAA vaqti bilan soat 12:00da Sharja-Toshkent yo'nalishida yurtimizga qaytadi. Faqat legionerlar va "Paxtakor" futbolchilari Dubayda qolishadi.

"Paxtakor" 25 yanvar kuni Dubayda yig'in boshlaydi, legionerlar esa shu erning o'zida o'z klublari ixtiyoriga yetib borishadi.

O'zbekiston terma jamoasi a'zolari o'tirgan samolyot taxminan 16:20da Toshkent xalqaro aeroportiga qo'nadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia