

Soat 18:00da start oladigan bahs yopiq tarzda o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Falastin termasi Osiyo Kubogi C guruhida Eron, BAA va Gonkong termalariga qarshi bahs olib boradi. Termaning ilk uchrashuvi 14 yanvar kuni Eronga qarshi bo'ladi.
O'zbekiston termasi esa Avstraliya, Hindiston va Suriya bilan bir guruhda kurash olib boradi. Vakillarimizning ilk uchrashuvi 13 yanvar oqshomida Suriyaga qarshi o'tkaziladi.



