Bugun "Nasaf" Albaniyaning "Kukesi" jamoasiga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2014, 08:38
"Nasaf" jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida qishki o'quv yig'in mashg'ulotlarini boshlab yubordi.
Yig'inda 25ta futbolchi ishtirok etayapti. Bugun yani 13 yanvar kuni ular xorijiy yig'indagi birinchi nazorat uchrashuvini o'tkazishadi.

Avval xabar berganimizdek "Nasaf" jamoasi Antaliyada 7ta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejaga kiritgan. Bugun ilk nazorat bahsi Albaniyaning "Kukesi" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Uchrashuv 15:00da boshlanadi.

"Kukesi" futbol klubi Albaniyaning shimoliy sharqida joylashgan Kukes shahriga tegishlidir. Ushbu klub Albaniyaning super ligasida qatnashadi. 2012/13 yilgi mavsumda 2-o'rinni egallagan. Jamoa safida argentinalik, ruminiyalik va makedoniyalik legioner futbolchilar faoliyat yuritishadi.

Barcha "Nasaf" muxlislari nomidan ertaga bo'ladigan nazorat uchrashuvida "ajdarlar"ga omad tilab qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz